O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“INNOWEEK” innovatsion gʻoyalar haftaligiga marhamat!
2018-10-19 | Innovatsiya
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligijoriy yilning 22–26 oktyabr kunlari milliy koʻrgazmalar kompleksi “UzEkspoMarkaz”da chet el ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion jamgʻarmalari, texnologik agentliklari, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida “INNOWEEK” innovatsion gʻoyalar haftaligini tashkil etmoqda.
Tadbirda Avstriya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozogʻiston, AQSH kabi davlatlardan yirik olimlar, tadbirkolar, kompaniya boshqaruvchilari hamda ommaiy axborot vositalari vakillari ishtirok etadilar.
“INNOWEEK” – bu mavjud innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, yangi biznes munosabatlarini yoʻlga qoʻyish, yangi sarmoyadorlarni jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadlaridan biri davlat organlari, erkin iqtisodiy va kichik tadbirkorlik subyektlari, texnopark va xususiy tadbirkorlik muassasalari, shuningdek,real iqtisodiyot sektorlari bilan ilmiy akademik va sanoat ilmiy tadqiqotchilik muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni chet elning yetakchi jamgʻarmalari, innovatsion markazlari va boshqa tashkilotlari ishtirokida mustahkamlashdir.
Innovatsion haftalik doirasida Xalqaro innovatsion koʻrgazma hamda Xalqaro innovatsiyalar va investitsiyalar forumi oʻtkaziladi.
Xalqaro innovatsion koʻrgazma mahalliy va xorijiy innovatsion va ilmiy markazlarning, investitsiya jamgʻarmalari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlar faol ishtirokida boʻlib oʻtadi, ular quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
- ijtimoiy sohadagi innovatsiyalar;
- moliya sohasida innovatsiyalar;
- qishloq xoʻjaligida innovatsiyalar;
- iqtisodiyotning real sektoridagi innovatsiyalar;
- davlat boshqaruvida innovatsiyalar.
Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi Oʻzbekistonning xalqaro investorlari bozoriga chiqish uchun noyob imkoniyat boʻlib xizmat qiladi.