O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sayyor qabulda 200dan ortiq fuqaroning murojaati oʻrganildi
2018-10-19 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasining masʼul xodimlari tomonidan joriy yil 18 oktyabr kuni Shayxontohur tumanidagi “Huvaydo” mahallasi hamda Yashnobod tumanidagi “Yashnobod” mahallasida sayyor qabullar oʻtkazildi.
Sayyor qabullar davomida mahalla fuqarolari oʻzlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar va ijtimoiy hayotda mavjud hamda oʻz yechimini topmayotgan muammolari boʻyicha murojaat qilishdi.
Ushbu sayyor qabullarda mazkur tuman hokimliklari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, xalq taʼlimi boʻlimi, tibbiyot birlashmalari, davlat notarial idoralari notariuslari va boshqa mutasaddi idora vakillari ishtirok etishdi.
Sayyor qabullar davomida 200 nafardan ortiq fuqarolar murojaat etishib, shundan 160 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan qabul jarayonida huquqiy tushuntirishlar berildi, 40 nafar fuqaroning murojaati belgilangan tartibda qabul qilindi.
Mazkur murojaatlar xususiyatiga koʻra, mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan taqdim qilish bekor qilingan shaxsning yashash joyi boʻyicha (propiska qilinganligi) yashayotganligi haqidagi maʼlumotlarni olish bilan bogʻliq yuzaga kelayotgan muammolar, arzon turar-joy bilan taʼminlash, uy-joy, moddiy yordam, sogʻliqni saqlash, mulkka nisbatan egalik huquqini eʼtirof etish, aholi bandligi, doimiy roʻyxatga qoʻyish, merosni rasmiylashtirish, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashtirish, obodonlashtirish va boshqa masalalari bilan bogʻliq holatlarni tashkil etadi.
Xususan, sayyor qabul jarayonida fuqaro M.Erxodjayeva, M.Ubaydullayeva, M.Ibadullayeva va B.Boymatovalarning murojaati Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Yashnobod tumani Aviasozlar 5-tor koʻchasida joylashgan 491-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi, 166-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari joylashgan manzil boʻyicha joyiga chiqib oʻrganildi.
Sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar Adliya vazirligi tomonidan nazoratga olindi.