O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling!
2018-10-13 | Turizm
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-sonli qarori doirasida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan aholida Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish hamda sayyohlik madaniyatini shakllantirish maqsadida respublika boʻylab targʻibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, mamlakatimizda turizm mavsumi past boʻlgan davri oldidan Qoʻmita hamda hamkor tashkilot bilan birgalikda fuqarolarni respublika boʻylab sayohatga chorlovchi reklama bannerlarini joylarda oʻrnatish ishlari boshlandi.
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostidagi reklama bannerlarini joylashtirish ishlari Andijon viloyatida boshlab yuborilgan boʻlib, yaqin kunlarda respublika hududlari boʻylab markaziy koʻchalar hamda aholi gavjum joylarda
300 ga yaqin reklama bannerlari oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
Barchangizni Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishga chorlaymiz.