O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Forum doirasidagi sessiya ishida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi

2018-10-18 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorliklikning birinchi forumi doirasida “Oʻzbekiston-Rossiya oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlik: loyihalar va klasterlar yangi bosqichi” mavzuida sessiya boʻlib oʻtdi. 

Mahalliy va rossiyalik ishbilarmonlar, mutaxassislar ishtirok etgan ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad ikki mamlakat oʻrtasidagi loyihalar va klasterlar faoliyati boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Botir Xoʻjayev, Rossiya klaster va texnoparklari assotsiatsiyasi direktori Andrey Shpilenko va boshqalar soʻzga chiqib, Oʻzbekiston va Rossiya davlatlari oʻrtasida mintaqalararo munosabatlarni rivojlantirishda boshlangan yangicha yondashuv va usullari ikki tomon uchun muhim qadam boʻlganini taʼkidladi. 

Sessiyada “Oʻzbekiston sanoatida klaster uslubini qoʻllash tajribasi va istiqbollari”, “Sanoat klasterlari korxonalarining raqobatbardoshligi uchun samarali vosita (Oltoy oʻlkasi misolida)”, “Oʻzaro investitsiya loyihalarini amalga oshirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish orqali erkin iqtisodiy zonalarning salohiyatini rivojlantirish istiqbollari”, ”Rossiya maxsus iqtisodiy zonalarining salohiyatidan foydalanish”, “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi mintaqalararo munosabatlarni rivojlantirishning yangi yondashuvlari va usullari” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi. 

Yakunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Rossiya klaster va texnoparklari uyushmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. 

Bitimga koʻra, ikki tomon oʻrtasida sanoat va ilmiy-texnikaviy sohalarga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatlarda sanoat texnoparklar va klasterlarni rivojlantirish hamda ilmiy-texnikaviy va sanoat kooperatsiyasi sohasida mintaqalararo va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga eʼtibor qaratiladi. 

Forum doirasidagi sessiya, uchrashuv va davra suhbatlari davom etmoqda. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

Поделиться