O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moskvada Islom Karimov haykali ochildi
2018-10-18 | Jamiyat
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Oliy Majlis Senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev, birinchi prezident rafiqasi Tatyana Karimova, Oʻzbekiston elchixonasi vakillari, deputatlar, Oʻzbekiston Qahramonlari, nuroniylar, yozuvchi-shoirlar, fan va sanʼat namoyandalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, Rossiya Sovet Federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Nikolay Fedorov, Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Grigoriy Karasin, Moskva meri oʻrinbosari Aleksandr Gorbenko va diniy tashkilotlar vakillari tashrif buyurishdi.
Islom Karimov siymosi Samarqanddagi Registon majmuasi fonida qad rostlagan. Ushbu loyiha britaniyalik taniqli haykaltarosh Pol Dey gʻoyasidir. Haykalda kuchli iroda sohibi, dono davlat arbobi va xalqparvar siyosatchi siymosi gavdalangan.
Islom Karimovning haykali ochilishi Rossiya Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan uygʻunlashib ketgani ham ahamiyatlidir. Mazkur tashrif har tomonlama manfaatli boʻlishi, xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga shubha yoʻq.