“Oʻzbekistonda bolalarni ijtimoiy himoyalash: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi
Oʻn toʻrtinchi bor oʻtkazilayotgan mazkur tadbir bolalarni ijtimoiy himoyalash, zamonaviy yondashuvlar asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga majmuaviy yordam koʻrsatish yuzasidan takliflarni jamlash maqsadida tashkil etildi.
Aholini, xususan, bolalarni ijtimoiy himoyalash muhim yoʻnalishlardandir. Konferensiyada AQSH, Isroil, Rossiya, Gruziya, Belorussiyadan ekspertlar ishtirok etmoqda. Ular alohida ehtiyojga muhtoj, imkoniyati cheklangan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvatlash yuzasidan takliflarni bildirmoqda.
Barno Meliqulova, OʻzA