O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent Moliya institutida “Zamonaviy soliq islohoti” mavzusida taqdimot hamda ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

2018-10-18 | Jamiyat

Joriy yilning 17-oktabr kuni Toshkent Moliya institutida “Zamonaviy soliq islohoti” mavzusidagi taqdimot hamda ochiq muloqot oʻtkazildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki tomonidan tashkil etildi. Unda Sidney universiteti faxriy professori Li Berns ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, Prezidentimizning 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni mamlakatimiz soliq siyosatida yangi sahifa ochdi. Unda soliqqa tortish tizimini tubdan isloh etish, shu jumladan, soliqlar va majburiy toʻlovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish koʻzda tutilgan. Qulay raqobat muhitini yaratish, soliq qonunchiligi barqarorligi va soddalashtirilishini taʼminlash, soliq yukini kamaytirish, respublikamizning investitsion jozibadorligini oshirish hamda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish konsepsiyaning asosiy maqsadlari deb eʼlon qilindi.

Sidney universiteti faxriy professori Li Berns xalqaro va qiyosiy soliq qonunchiligi va siyosati yoʻnalishlarida faoliyat olib boradi. U qariyb 25 yildan buyon Jahon Banki va boshqa xalqaro institutlarning texnik yordam dasturlari doirasida Afrika, Osiyo, Yaqin Sharq va Tinch okeani mintaqasida joylashgan 40 dan ortiq mamlakatlarda daromad soligʻi, QQS, aktsiz, bojxona toʻlovlari, mol-mulk soligʻi va soliq maʼmuriyatchiligi boʻyicha huquqiy hujjatlar ishlab chiqishda faol qatnashgan.

Li Berns soliqqa oid koʻplab hujjat va maqolalarga mualliflik qilgan hamda Avstraliya Gʻaznachiligi va Avstraliya Soliqqa tortish kengashiga mamlakatning xalqaro soliq qoidalarini isloh qilish boʻyicha maslahat bergan.

Mazkur tadbir institut talabalari, ilmiy tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilarni mamlakatda olib borilayotgan soliq tizimini isloh qilish jarayonlari bilan tanishtirish bilan bir qatorda, ularning fikr mulohazalari bilan oʻrtoqlashish va oʻzaro maʼlumotlar almashish maqsadiga erishildi.

Поделиться