Oʻzbekiston va Rossiyaning oliy taʼlim muassasalari tashabbusi bilan forum tashkil etiladi
Oʻzbekiston Milliy universitetida “Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi” oʻtkaziladi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston bilan Rossiya hamkorligi soʻnggi ikki yil ichida strategik ahamiyat kasb etib, savdo, iqtisodiyot, energetika, qishloq xoʻjaligi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʻtarildi.
Ikki davlat oʻrtasida, ayniqsa, fan, taʼlim, madaniyat, sanʼat, sport, turizm sohalaridagi hamkorlik ishlari kun sayin rivojlanib bormoqda.
“Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi” hamkorlikning yorqin namunasi sifatida oliy taʼlim tizimida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida tajriba almashish jarayonini yangi sifat bosqichiga olib chiqish maqsadida tashkil etilmoqda.
Mazkur forum joriy yilning 18-oktabr kuni boʻlib oʻtadi.
Gulnoza Boboyeva, OʻzA