O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi Temiryo’l politsiyasi Akademiyasi delegatsiyasi Toshkentga keldi
2018-10-16 | Jamiyat
Kecha Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi Temiryo’l politsiyasi Akademiyasi delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi.
Chen Dunshen boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari, podpolkovnik Vali Xidiraliev va Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi Jamoat xavfsizligi vazirligi vakili Lyu Tunpin kutib oldi. Bugun dastur doirasida mehmonlar “Afrosiyob” tezyurar poezdida Samarqandga jo’nab ketdilar. U erda Samarqand viloyati IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’limi faoliyati va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishlari rejalashtirilgan.
Dasturga ko’ra, tashrifning uchinchi kuni mehmonlar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Toshkent markaziy vokzaliga va Xalqaro aeroportga hamda to’rtinchi kuni Toshkent shahrining turizm ob’ektlariga tashrif buyuradilar. Tashrifdan asosiy maqsad har ikki tomonning temiryo’llarda xavfsizlikni ta’minlashda o’zaro hamkorlikni mustahkamlash va ushbu yo’nalishda o’zaro tajriba almashishga qaratilgan.