O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jazoir Elchisi bilan uchrashuv
2018-10-16 | Siyosat
2018-yilning 15-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Naser Busherit bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning barcha masalalari batafsil muhokama qilindi.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Jazoir hamkorligini faollashtirishga tomonlarda oʻzaro qiziqish borligi tasdiqlandi. Aynan shu nuqtayi nazardan turli daraja va shakllardagi boʻlajak uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi, qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.