O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Olimpiada – 2018. Hozircha toʻrttadan oltin, kumush va bronza medallari

2018-10-15 | Sport

Argentinada oʻsmirlar oʻrtasida oʻtayotgan III yozgi Olimpiya oʻyinlarida 15 oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari toʻrttadan oltin, kumush va bronza, jami 12 medalni qoʻlga kiritdi.

Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan dzyudochi Jayxunbek Nazarov, ogʻir atletikachi Kumushxon Fayzullayeva, baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Gulbahor Fayziyeva, erkin kurash boʻyicha Umidjon Jalolov delegatsiyamizga oltin medallarni keltirdi.
 
Olimpiya oʻyinlarida finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan taekvondochi Ulugʻbek Rashidov, ogʻir atletikachi Muhammadqodir Toshtemirov, baydarka va kanoeda eshkak eshuvchi Islom Abdusalomov, ayollar kurashi boʻyicha Shohida Ahmedova kumush medalni qoʻlga kiritdi.
 
Shuningdek, Nilufar Yermagambetova (dzyudo), Indira Oʻlmasova (gimnastika, mikst), Dolera Davronova (ogʻir atletika), Muhammadrasul Rahimov (erkin kurash) kabi sportchilarimiz toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasida bronza medali bilan taqdirlandi.
 
Shu tariqa oʻsmirlarimiz Argentinada oʻtayotgan III yozgi Olimpiya oʻyinlarida medallar sonini 12 taga yetkazib, 2014 yili Nankinda oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi II yozgi Olimpiadadagi natijani ortda qoldirdi.
 
Bugun sportchilarimiz boks, yengil atletika, slalomda eshkak eshish boʻyicha bahslarga kirishadi.
 

J.Toshxoʻjayev, OʻzA

Поделиться