O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mudofaa vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazildi

2018-10-12 | Siyosat

11-oktabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining anjumanlar zalida Oʻzbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Armaniston, Ozarbayjon va Belarus respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari bilan alohida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar mudofaa va harbiy taʼlim sohasida hozirgi kunda olib borilayotgan hamkorlik hamda uning istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildi, harbiy texnika yoʻnalishida oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash borasida fikr almashdilar. 

Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganining ilk kunlaridanoq MDHga aʼzo mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni mustahkamlashga katta eʼtibor berib keladi, davlatlar oʻrtasidagi anʼanaviy-doʻstona aloqalarga yuqori baho beradi va juda qadrlaydi. 

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik masalalari butun Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizligi va barqaror rivojlanishi yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ozarbayjon va Belarus respublikalarining mudofaa vazirlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunida 2019 yil davomida Oʻzbekiston mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik toʻgʻrisidagi ikki tomonlama rejalar imzolandi.

Oʻzbekiston va Belarus respublikalarining Mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasidan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyatining Belarusga rasmiy tashriflari, kelgusida ham harbiy topografiya, geodeziya, kartografiya va navigatsiya sohalarida hamkorlikni davom ettirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash masalalari oʻrin olgan. Shuningdek, Oʻzbekiston hududida Belarus bilan qoʻshma mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. 

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida harbiy taʼlim sohasida tajriba almashishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari rejaga koʻra, oʻzbekistonlik harbiy mutaxassislar Ozarbayjonda oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi taʼkidlangan. 

Eslatib oʻtamiz, 12-oktabr kuni Oʻzbekiston xalqaro forumlar saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining 75-majlisi boʻlib oʻtadi. 

Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirok etadi. 

 

Farhod Abdurasulov (surat), UzA

Поделиться