O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirishning innovatsion usullari” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi

2018-10-11 | Jamiyat

2018-yilning 9-10-oktabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimi – Xorazm Maʼmun akademiyasida “Qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirishning innovatsion usullari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda OʻzFA vitse-prezidenti B.T.Ibragimov, respublikamizdagi yetakchi olimlar, oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Ikki kun davom etgan konferensiyada madaniy oʻsimliklar agrobiologiyasining yutuqlari, muammolari va istiqbollari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish usullari, qishloq xoʻjaligida ekinlarning hosildorligini oshirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qoʻllash hamda qishloq xoʻjaligi, biologiya, tuproqshunoslik va ekologiya sohalarida fan-taʼlim integratsiyasini yanada rivojlantirish muammolari va yutuqlari kabi qator masalalar boʻyicha maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Поделиться