O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev “The Wall Street Journal“ gazetasi muxbiri bilan suhbatlashdi
2018-10-11 | Jamiyat
Joriy yilning 10-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Amerikaning nufuzli nashrlaridan biri “The Wall Street Journal“ gazetasi muxbiri Tomas Grouv (Thomas Grove) bilan vazir Sherzod Kudbiyev oʻrtasida suhbat boʻlib oʻtdi.
Suhbat mavzusi majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekistonda olib borilayotgan amaliy ishlar, bu yilgi paxta mavsumida fuqarolar uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalariga bagʻishlandi.
Amerika muxbiri majburiy mehnatga qarshi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida qiziqish bildirdi. Oʻz navbatida, vazir Sh.Kudbiyev “The Wall Street Journal“ muxbirini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.