O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Direktorlarning menejerlik koʻnikmalarini shakllantirish kurslari tashkil etildi​

2018-10-11 | Jamiyat

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan xalq taʼlim tizimida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, vazirlik tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlarining kasbiy salohiyati va boshqaruvga doir kompetensiyalarini takomillashtirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, qarorda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida umumtaʼlim muassasalari rahbarlarini xalq taʼlimi sohasida menejerlik koʻnikmalarini shakllantirish kurslarini tashkil etish vazifalari belgilangan.

Institut rahbariyati va professor-oʻqituvchilari vazirlikning kadrlar boshqarmasi bilan hamkorlikda mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash yuzasidan qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, maktab direktorlarining amaldagi malaka oshirish kurslaridan tubdan farq qiluvchi “Menejerlik kurslari”ni tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy (menejerlik kursini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, kursni tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruq) va oʻquv-metodik taʼminot (kursning oʻquv rejasi, dasturi, maʼruza matnlari va amaliy mashgʻulot ishlanmalari) tayyorlandi va xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Menejerlik kursining oʻquv rejasi direktorlar malaka oshirish kursining oʻquv rejasidan tubdan farq qiladi.

Yangi oʻquv rejada asosiy urgʻu umumtaʼlim maktablari rahbarlarining boshqaruv kompitensiyalarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan mutaxassislik fanlariga qaratilgan. Jumladan, taʼlim sohasi menejmenti, taʼlim sohasi marketingi, taʼlimda personalni boshqarish, boshqaruvda optimal qarorlar qabul qilish texnologiyalari va taʼlim sifatini boshqarish kabi oʻquv modullari yangi kurs tinglovchilariga ilk bor taqdim qilinmoqda.

Taʼlim sohasi menejerlari “Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi davlat siyosati”, “Taʼlim iqtisodiyoti” va “Taʼlim boshqaruvining meʼyoriy huquqiy asoslari” kabi oʻquv modullari boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalardan bahramand boʻladilar.

“Menejerlik kurs”i davomida tinglovchilar tomonidan oʻzlari rahbarlik qilayotgan taʼlim muassasalarida samarali menejmentni joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni shakllantirishlari va uni himoya qilishlari koʻzda tutilgan.

Joriy yilning 4 oktyabridan boshlab “Menejerlik kurs”larida oʻquv mashgʻulotlari boshlab yuborildi. Kurs tinglovchilari bilan oʻtkazilgan suhbatlarda oʻtkazilayotgan mavzular avvallari kurslarda oʻqilgan mavzulardan dolzarbligi va amaliyotga yoʻnaltirilganligi bilan anchagina farqlanayotganligi toʻgʻrisida oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Kursni oʻtkazish davrida va uning yakunida tinglovchilardan “Men kursdan nima oldim” ruknida soʻrovnomalar oʻtkazish rejalashtirilgan. Mazkur soʻrovnomalar natijasida olingan maʼlumotlar tahlili menejerlik kurslarini yanada takomillashtirish va samarali menejerlarni tayyorlashga xizmat qiladi deb, umid qilamiz hamda yangi kursning ilk qaldirgʻoch tinglovchilariga menejerlik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Поделиться