O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi yoʻlida dastlabki qadam

2018-10-11 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent“ mehmonxonasida “Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasining qurilishi. Rossiya tajribasi va ilgʻor texnologiyalari“ mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Oʻzatom“ agentligi, “Rosatom” davlat korporatsiyasi va Xalqaro atom energiyasi agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy va xorijlik yadro energetika sohasi mutaxassislari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

“Oʻzatom“ agentligi bosh direktori J.Mirzamahmudov, Rossiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi V.Tyurdenev va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro ahamiyatga molik boʻlib, bunda barcha jabhalarda, jumladan, iqtisodiy sohalarda yuqori koʻrsatkichlarga erishish maqsadida Oʻzbekistonning Rossiya bilan hamkorligi asosiy oʻrin egallayotganini taʼkidladi. Mamlakatimizda birinchi atom elektr stansiyasini qurishda “Rosatom“ davlat korporatsiyasi va Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan boshlangan nazariy va amaliy oʻquvlar bunga yorqin micoldir.

Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorga muvofiq oʻtkazilayotgan seminarda “Rosatom“ davlat korporatsiyasi va Xalqaro atom energiyasi agentligi vakillari mamlakatimizda atom elektr stansiyasining qurilishida Rossiya tajribasidan samarali foydalanish haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

– Atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha jahon tajribalarini oʻrganib chiqdik, – dedi Fanlar akademiyasi vakili Ilhom Sodiqov. – Jumladan, Rossiya, Xitoy, Kanada kabi davlatlardagi shunday stansiya quradigan kompaniyalar faoliyati bilan tanishib, yakuniy xulosalar boʻyicha “Rosatom“ davlat korporatsiyasi bilan hamkorlik qilishga qaror qildik. Joriy yilning 7 sentyabr kuni Moskvada Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Rossiya loyihasi boʻyicha AES qurishda hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo imzolangan bitimga koʻra, bugun tashkil etilgan seminar ham ushbu rejalar amaliyoti bilan chambarchas bogʻliqdir. Taʼkidlash kerakki, atom elektr stansiyasini qurish uchun mamlakatimiz Rossiyaning zamonaviy yadro texnologiyalari qatoridagi “3+ SSER-1200“ reaktorini tanladi. Bu texnologiyalardan nafaqat Rossiya, balki xorij davlatlari ham keng foydalanib kelmoqda. Yana bir muhim jihati, bu texnologiyalar zamonaviy xalqaro xavfsizlik standartlari va talablariga toʻla javob bera oladi.

Qayd etilganidek, AES faoliyati nafaqat aholi hayoti farovonligi uchun, balki mamlakat iqtisodiyoti, ilmu fani, texnikasi, kadrlar salohiyatining oʻsishida ham katta ahamiyatga ega.

– Yillar davomida katta tajriba toʻpladik. Korporatsiyamiz tarkibida 300 korxona boʻlib, ularda 260 mingga yaqin malakali xodim mehnat qiladi, – dedi “Rusatom-Xalqaro tarmoq” prezidenti Aleksandr Merten. – Bugun boshlanayotgan loyiha uzoq yillarga moʻljallangan boʻlib, yaqin kelajakda yaxshi samara berishiga ishonchimiz komil.

Seminarda qatnashchilar Rossiyaning atom sanoati sohasidagi ilgʻor texnologiyalari, “Rosatom“ davlat korporatsiyasining sogʻliqni saqlash tizimi va yadroviy texnologiyalar orqali turmush darajasini oshirish boʻyicha yechimlari, yurtimizda qurilishi rejalashtirilgan AES uchun mutaxassislar tayyorlash dasturi hamda atom sanoati sohasida loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish masalalari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻldi.

Shuningdek, Xalqaro atom energiyasi agentligi vakili Xenrik Kristof yadro energetikasi sohasidagi global tendensiyalar haqida tushuncha berdi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

Поделиться