O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vazirligida Koreyaning Inha universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2018-10-10 | Texnologiyalar
2018-yil 9-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Inha universiteti vitse-prezidenti Xiuk Von xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar Toshkentdagi Inha universitetining ilk qaldirgʻochlari oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shuningdek, 3+1 dasturi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti 4-kurs talabalarining Koreya Respublikasida oʻqishni davom ettirib, uni muvaffaqiyatli tugatganliklarini ham yuqori baholadilar.
Tomonlar mahalliy oʻqituvchilarni tayyorlash boʻyicha ularni tayyorlash darajasini oshirish dasturini amalga oshirish imkoniyatlarini, shuningdek, bilim darajasini oshirishi va doktorlik darajasini olishi uchun yosh mutaxassislarni har yili Koreyaga yuborish masalalarini muhokama qilishdi.
Suhbat chogʻida Toshkent shahridagi Inha universitetini yanada rivojlantirish masalalari ham oʻrtaga tashlandi. Xususan, bakalavriat va magistraturaning yangi taʼlim yoʻnalishlarini joriy etish boʻyicha rejalar koʻrib chiqildi.