O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va Hindistoning ONGC Videsh Limited kompaniyasi hamkorlik bitimini imzoladi

2018-10-09 | Iqtisodiyot

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Hindistonning yirik neft-gaz korporatsiyasi hisoblanmish ONGCning ONGC Videsh Limited shoʻba kompaniyasi bilan hamkorlik bitimini imzoladi. 

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 30 sentyabr - 1 oktyabr kunlari Hindistonga davlat tashrifi arafasida oʻtkazilgan biznes forumda ishtirok etdi. Mazkur forumda Oʻzbekistonning davlat idoralari va biznes hamjamiyatining 100 dan ortiq vakillari qatnashdi. Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati vakillari “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida Nyu-Delida oʻtkazilgan Milliy mahsulotlar koʻrgazmasida ham ishtirok etdilar. 

Tashrif doirasida “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati vakili ONGC Videsh Limited kompaniyasining geologik qidiruv ishlari boʻyicha direktori Sudxir Sharma bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va xorijdagi sarmoyaviy bloklarda geologik qidiruv ishlarini olib borish borasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdilar. 

Muzokaralar yakunida tomonlar Hamkorlik bitimi va Maxfiylik shartnomasini imzolash borasida qaror qabul qildilar. Mazkur hujjatlarga koʻra, 4 oy mobaynida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi sarmoyaviy bloklari toʻgʻrisida axborot almashib, uni zamonaviy dasturiy taʼminot mahsulotlari yordamida oʻrganib chiqadilar va ONGC Videsh Limited kompaniyasi tajribasi bilan batafsil tanishib, hamkorlik boʻyicha aniq takliflarni birgalikda ishlab chiqadilar. 

Taʼkidlash joiz, 1965 yilda tashkil etilgan ONGC Videsh Limited kompaniyasi Hindistonning Milliy neft va tabiiy gaz korporatsiyasiga qarashli shoʻba kompaniya va chet el boʻlimi hisoblanadi. 

ONGC mamlakatning yirik transmilliy kompaniyasi boʻlib, Hindiston neft va tabiiy gaz vazirligi orqali davlat tomonidan nazorat qilinadi. U mamlakatning eng yirik neft va gaz qidiruv kompaniyasidir. Kompaniya Hindiston xom neftining taxminan 72 foizini va tabiiy gazining 62 foizini ishlab chiqaradi. Kompaniyaning sof daromadi (2017 yil yakuniga koʻra) 2,8 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. 

ONGC Videsh Limited kompaniyasi qator xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlash tajribasiga ega, ular orasida Schlumberger, Halliburton, Petrobras, Norsk, ENI va Shell.

Поделиться