O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Fransiyaning Beicip-Franlab kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama etdi

2018-10-09 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari Fransiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida 7 oktyabr kuni “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v. b. B. Ashrafxanov Beicip-Franlab kompaniyasi raisi va bosh direktori J. Burrus bilan muzokaralar oʻtkazdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha masalalar muhokamasini oʻtkazdilar. 

Oʻzaro hamkorlik doirasida geologik-qidiruv ishlarini ilmiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, sarmoyaviy bloklarning neft-gaz salohiyatini oʻrganish va Fransiya tomonini mustaqil auditor va qator sohalarda mutaxassis sifatida jalb etish masalasi koʻrib chiqilmoqda. 

Ular qatorida: Oʻzbekiston hududida geologik-qidiruv ishlarini olib borish va uglevodorod qazib olish hajmini koʻpaytirish boʻyicha yetakchi neft-gaz kompaniyalari takliflarini baholash; Oʻzbekistondagi konlarni oʻzlashtirish boʻyicha loyihalar yuzasidan takliflarni tayyorlash. 

Shuningdek, birgalikdagi faoliyatning muhim yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi: “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining xorijda uglevodorodlarni qidirish va qazib olish ishlarini amalga oshirish istiqbollarini baholash; Oʻzbekiston Respublikasi zaxiralari boʻyicha hisobotlarni tayyorlash, shuningdek, boʻlajak xorijiy sarmoyadorlar oʻrganishi uchun respublikadagi sarmoyaviy bloklar boʻyicha maʼlumotlar toʻplamini hozirlash va boshqalar. 

Hozirda neft va gaz boʻyicha maʼlumotlar milliy bazasini yaratish yuzasidan Beicip Franlab kompaniyasi bilan hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlari oʻrganilmoqda. Unda kompaniya maʼlumotlar bazasini yaratish va mutaxassislarni oʻqitish boʻyicha xizmatlarni taqdim etuvchi mustaqil pudratchi sifatida hamda mazkur loyihani tijoratlashtirish buyicha maslahatchi sifatida ham ishtirok etish niyatida. 

Qoʻshimcha qilish zarur, Milliy maʼlumotlar bazasi mamlakat tabiiy resurslari, xususan, neftni qidirish va qazib olish bilan bogʻliq maʼlumotlarni saqlashga va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan maʼlumotlar bankidir. Mazkur maʼlumotlar bazasini yaratishning ikki asosiy sababi – geologik-qidiruv va qazib olish boʻyicha maʼlumotlarni saqlash hamda qidiruv, qazib olish va yetkazib berish bilan bogʻliq xatarlarni kamaytirish maqsadida maʼlumotlardan foydalanish orqali mamlakatga sarmoyalarni jalb qilishdir. 

Beicip Franlab geologik tadqiqotlarni ilmiy qoʻllab-quvvatlash, zaxiralarni mustaqil baholash, neft va gaz konlarini oʻzlashtirishda maslahatlar berish, uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlashni optimallashtirish boʻyicha yechimlarni topish hamda geologik va geofizik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun kerakli dasturiy taʼminotni ishlab chiqishga ixisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biridir. 

Kompaniya 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat olib boradi va 9ta xalqaro boʻlinmalarga ega – Moskva, Parij, Jazoir, Kuala-Lumpur, Rio-de-Janeyro, Xyuston, Vilyaermosa, Abu-Dabi va Quvaytda.

Поделиться