O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekneftgaz AJ Fransiyaning Total E&P kompaniyasi bilan hamkorlik bitimini imzoladi

2018-10-09 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7 oktabr kuni Parijda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida Oʻzbekneftgaz AJ Boshqaruv raisi v.b. Baxrom Ashrafxanov Total E&P kompaniyasi Prezidenti janob Arni Breyyak bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuv davomida neft-gaz sohasida kelgusi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. 

Fransiya tomoni Oʻzbekneftgaz AJ bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni oʻrnatishga qiziqish bildirayotganini aytib, Oʻzbekiston Respublikasi neft-gaz sanoatining salohiyati yuqori ekanligini taʼkidladi. 

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi sarmoyaviy bloklarida geologik qidiruv ishlarini birgalikda olib borish imkoniyatlarini oʻrganishni koʻzda tutuvchi Hamkorlik bitimi imzolandi. 
Bitim doirasida qoʻshma ishchi guruh tuziladi. Uning tarkibiga kiruvchi mutaxassislar kelgusi hamkorlikni rivojlantirish uchun oʻrganishlar yakuniga koʻra aniq takliflarni taqdim etadi. 

Mazkur Bitimning imzolanishi ikki davlat kompaniyalarining neft-gaz sanoati sohasidagi samarali hamkorligini rivojlantirishga turtki boʻladi. 

Avvalroq, 2018 yilning sentyabr oyida Total E&P kompaniyasi vakillarini Oʻzbekiston Respublikasining istiqbolli sarmoyaviy bloklari bilan tanishtirish maqsadida Maxfiylik kelishuvi imzolangan edi. 

Taʼkidlash joiz, Total E&P kompaniyasi dunyoning 130dan ortiq davlatlarida faoliyat yuritadi va 100 mingga yaqin xodimlarga ega. Kompaniya yiliga 130 million tonna neft ishlab chiqaradi. Kompaniyaning bozor kapitalizatsiya qiymati 162,78 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi. 

Ishlab chiqarishdan tashqari, kompaniya neftni qayta ishlashni amalga oshiradi, shuningdek yoqilgʻi quyish shahobchalari tarmogʻi va qator kimyo sanoati korxonalari egasidir. 

Поделиться