O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq va suv xoʻjaligi, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasi boʻyicha ishlab chiqilgan Qonun loyiha hukumat tomonidan maʼqullandi

2018-10-09 | Jamiyat

Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 fevraldagi PF–5330-son, 2018 yil 17 apreldagi PF–5418-son Farmonlari, 2018 yil 17 apreldagi PQ–3671-son va PQ–3672-son qarorlarida belgilangan normalardan kelib chiqib, 3 ta kodeks hamda 6 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasida boshqaruvida amalga oshirilgan institutsional oʻzgarishlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi, “Naslchilik toʻgʻrisida”gi, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi qonunlarda mazkur tashkilotlarning vakolatlariga doir normalarga aniqlik kiritilmoqda hamda vazifalar taqsimlanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF–5041-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tashkil qilingan. Mazkur norma hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 16 apreldagi “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Qonunida belgilangan normalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlariga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining vakolatlarini aniqlash yuzasidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Sudlarga daʼvo arizasi kiritishda sobiq Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga berilgan imtiyozlar qayta koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 329–330-moddalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan:

suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha imtiyoz Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda ularning joylardagi organlariga berilishi;

qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvolar boʻyicha imtiyoz tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlariga berilishi belgilanmoqda;

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida tarmoqni kompleks modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yagona siyosatni amalga oshirish Qishloq xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanganligi sababli, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 70-moddasida belgilangan normalarga aniqlik kiritish nazarda tutilmoqda.

Amalga oshirilgan islohotlarga muvofiq, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Byudjet kodeksining 79-moddasida tashkilotlarning nomlari ularning yangi rasmiy nomlariga muvofiqlashtirilmoqda.

Mazkur hujjat bilan qishloq va suv xoʻjaligi, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida boshqaruv vakolatlari, shuningdek ushbu sohalarda nazorat funksiyalari taqsimoti soʻnggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiqlashtiriladi.

Поделиться