O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat vaziri Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining yoshlari bilan uchrashdi

2018-10-09 | Madaniyat

Joriy yilning 9-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Oʻzbekiston davlat konservatoriya rektori B.Sayfullayev konservatoriyada tahsil olayotgan 1-bosqich talaba yoshlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda Madaniyat vaziri B.Sayfullayev 1-bosqich talaba-yoshlarini talabalik baxtiga musharraf boʻlganliklari bilan yana bir bor tabriklab, oʻz nutqida madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bir qator Qaror va Farmonlar imzolanganligi hamda belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlash yoʻlida qator ishlar va loyihalar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.

Shuningdek, xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish, yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani, bularning barchasi oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun mustahkam poydevor boʻlishini aytib oʻtdi. Baxtiyor Sayfullayev oʻz nutqida har bir talaba-yoshlar oʻz sohalarining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishlari lozimligi, keng dunyoqarashli, teran fikrlaydigan inson boʻlib kamolga yetishlari uchun koʻproq oʻz ustilarida ishlashlari, mehnat qilishlari, koʻproq kitob mutolaa qilish kerakligini maslahat berdi va bu yoʻlda ular uchun shart-sharoitlar yaratib berishi hamda ularga koʻmak berishga, qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini eʼtirof etdi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash va madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi J.Niyazbekov, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari F.Yunusov, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining konservatoriyadagi boshlangʻich tashkiloti Yoshlar yetakchisi A.Hoshimovlarga talaba-yoshlar oʻz takliflari bilan murojaat qilishlari mumkinligi barchaga eʼlon qilindi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savol hamda takliflari bilan murojaat qilishdi va atroflicha javob olishdi. Bu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlarni yanada koʻproq mehnat, yorqinroq ijod qilishga undashi shubhasiz.

Поделиться