O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbekiston rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot

2018-10-05 | Iqtisodiyot

Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi Hisobot davrida korxonada sanoat mahsulotining ishlab chiqarish oʻsish surʼati 113,3 % tashkil etdi. 2018 yilning yanvar-sentyabr oylari prognozi 121,1 %ga bajarildi.

Shuningdek hisobot davrida halq isteʼmoli tovarlarini ishlab chiqarish 101,3%ga bajarildi.

Xalq isteʼmoli tovarlaridan “Oʻzbekiston rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJda quyma alyumin idish-tovoq, turli hajmdagi qozonlar, non shakllari, bochoklar ishlab chiqariladi. Ichki bozorni toʻldirish maqsadida isteʼmolchilarni talabalari oʻrganib, reklama varaqalar tarqatiladi, ishlab chiqariladigan tovarlar nomenklaturasini kengaytirish koʻzda tutiladi. Isteʼmolchilar aniqlanganda ular bilan mahsulot yetkazish boʻyicha shartnomalar tuziladi.

Mahsulot eksporti. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot turli xorij davlatlariga eksport qilinadi. 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida prognozga nisbatan 168,7% mahsulot eksport qilingan.

Mahsulotni sertifikatsiyalash. Barcha ishlab chiqiladigan sanoat mahsuloti-rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlari, alyumin va mis qotishmalari, hamda xalq isteʼmoli tovarlari Milliy sertifikatsiya tizimida sertifikatlangan. Sertifikatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reyestirida roʻyxatga olingan.

Toshkent shahar sertifikatsiyalash va sinash markazi tomonidan har yili sertifikatsiyalangan mahsulotni standartlarga javob berishiga inspeksion nazorat oʻtkazadi.

Standartga javob berish sertifikati uch yillik muddatga beriladi. Undan keyin ishlab chiqqan mahsulotni sertifikatsion sinovlari yana oʻtkazildi.

Sifatni boshqarish tizimini joriy etish. XII “Toshkent rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” OAJ xalqaro standart ISO-9001-2008 boʻyicha Sifat menejmenti tizimi joriy etilgan. Muvofiqlik sertifikati olingan.

ISO 9001-2008 xalqaro standartlari talablariga asosan sertifikatsiya organi SMK NIISMS tomonidan sertifikat berilgan.

Bu buyurtmachini ishlab chiqilgan mahsulot sifatida shubha tugʻilmasligiga olib keldi, savdo bozori doirasini kengaytirdi.

Korxonada atrof muhitni boshqarish (ISO 14001 standarti boʻyicha ekologik menejment va OHSAS 18001 standart boʻyicha sanoat xavfsizligini boshqarish) menejmentini joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Поделиться