O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

300 million yevrolik shartnoma imzolandi

2018-10-08 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi arafasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston – Fransiya biznes-forumi doirasida Oʻzbekiston Milliy banki Fransiyaning “Crédit Agricole” banki bilan 300 million yevrolik shartnoma imzoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy banki matbuot xizmati maʼlum qilishicha, shartnoma eksport kredit agentliklari sugʻurta qoplamasi ostida fransuz bankining kredit liniyasi hisobidan Oʻzbekistondagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutadi. Crédit Agricole S.A. Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berish boʻyicha savdoni moliyalashtirish xizmatlarini taklif qilishga tayyor.

Milliy bank tomonidan imzolangan kredit shartnomasi yangi sarmoya bozorlaridan foydalanish imkoniyatini ochib beradi, bu uzoq muddatli kredit resurslarini yanada qulayroq sharoitlarda jalb etish imkonini beradi.

Crédit Agricole S.A. bilan hamkorlik faqat kredit resurslarini jalb qilish bilan chegaralanib qolmasdan, shuningdek, oʻzbek tadbirkorlariga fransuz biznesi bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha konsalting xizmatlarini ham taqdim etadi.

Crédit Agricole S.A. bankining kredit liniyasi davlat kafolatisiz jalb etilishi xalqaro moliya institutlarining Oʻzbekiston va uning bank muassasalariga ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Crédit Agricole Corporate and Investment Bank S.A Fransiya va Yevropa bank xizmatlari bozorida yetakchi boʻlib, dunyoning 50 ta mamlakatida 52 milliondan ortiq mijozga xizmat koʻrsatadi. “Global Finance” nashrining baholashicha, “Crédit Agricole” guruhi aktivlari 1,82 trln. yevro boʻlib, dunyoning eng yirik 50 banki orasida 13-oʻrinni egallaydi.

F.Erkinov, OʻzA
 

Поделиться