O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda fuqarolarga bepul maslahat beruvchi veb-portal yaratiladi

2018-10-08 | Jamiyat

Adliya vazirligi tomonidan Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorlikda turli sohalar (tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, huquqiy himoya va b.sh) boʻyicha bepul maslahat beradigan “Advice.uz” yagona maʼlumotlar portalini yaratish ishlari boshlandi.

Mazkur portalni muvaffaqiyatli ishga tushirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maʼmuriyati va Adliya vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaning Buyuk Britaniyaning London shahriga tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida Britaniyaning fuqarolarga maslahat berish boʻyicha eng yaxshi amaliyotlari, xususan 1939 yilda oʻz faoliyatini boshlagan “Citizens Advice” tarmogʻi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

“Citizens Advice” Britaniyaning mamlakat boʻyicha 316 mustaqil xayriya tashkilotlari tarmogʻi hisoblanadi.

Tizim orqali ijtimoiy yordam, mehnat munosabatlari, qarzdorlik, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, oila, uy-joy, sud-huquq, migratsiya sogʻliqni saqlash kabi sohalarda elektron portal, telefon, elektron va Webchat kabi xizmatlar orqali va telefon, elektron va Webchat xizmati yordamida bepul ravishda maʼlumot va maslahatlar taqdim etadi.

Bundan tashqari, “Citizens Advice”ning Buyuk Britaniya hududida 600 dan ortiq byurosi mavjud boʻlib, ularga aholi oʻzining muammosi boʻyicha bepul maslahat olish uchun murojaat qilishi mumkin.

2017-2018 yillar davomida “Citizens Advice” jamoasi tomonidan 2 mln 700 ming nafardan ortiq shaxslarga bevosita huquqiy yordam koʻrsatilgan. Onlayn maslahat saytidagi maʼlumotlardan 43 milliondan ortiq shaxs foydalangan.

Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasining Fuqarolar maslahatlari byurosi milliy uyushmasi (National Association of Citizens Advice Bureaux – NACAB), mazkur uyushma bilan hamkorlik qiluvchi Buyuk Britaniya hukumatining elektron hukumat tizimini rivojlantirish boʻyicha xizmati (Government Digital Services-GDS), Biznes, energetika va sanoat strategiyasi departamenti (Department for Business, Energy and Industrial Strategy) hamda Buyuk Britaniyada mustaqil maslahat xizmatlari tarmogʻini qoʻllab-quvvatlovchi AdviceUK xayriya tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvlar doirasida delegatsiya aʼzolari va xorijiy tashkilot vakillari oʻrtasida “Advice.uz” Yagona axborot portali” loyihasini Oʻzbekistonda ishga tushirish istiqbollari boʻyicha fikrlar almashildi.

“Citizens Advice” vakillari mamlakatimiz delegatsiyasiga uyushma faoliyatiga berilgan yuksak baho uchun oʻz minnatdorchiligini izhor qildi hamda mazkur loyihani amalga oshirishda kerakli boʻlgan barcha axborot resurslarini taqdim etish, ekspert yordamini koʻrsatish orqali Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Government Digital Services vakillari bilan boʻlgan uchrashuvda axborot texnologiyalari, xususan, mazkur portalning veb platformasini ishlab chiqish boʻyicha hamkorlik qilishga qaror qilindi. Tomonlar Oʻzbekiston delegatsiyasining kelgusi tashrifida Hamkorlik memorandumini imzolashga kelishishdi.

Bepul maslahat beruvchi veb-portalning yaratilishi fuqarolarning arzimagan masalalar boʻyicha turli idoralarga murojaat qilishini keskin kamaytirishi bilan birgalikda, kundalik hayotda duch kelishi mumkin boʻlgan turli muammoli masalalarning qonuniy yechimini topilishini taʼminlaydi.

Поделиться