O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Tashqi iqtisodiy faoliyatning JST Savdoni osonlashtirish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiqligi muhokama qilindi

2018-10-08 | Iqtisodiyot

2018-yilning 3-4-oktabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan Jahon bankining tarkibiy boʻlinmasi – Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) koʻmagida Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun ichki tartib-taomilni Jahon savdo tashkilotining Savdoni osonlashtirish toʻgʻrisidagi Bitimi qoidalariga muvofiqligini baholash boʻyicha ikki kunlik seminar oʻtkazildi.

Tadbirda Respublika vazirliklari va idoralari, shuningdek, mahalliy biznes vakillaridan iborat 50 dan ziyod mutaxassislar ishtirok etishdi.

Unda xalqaro moliya korporatsiyasining malakali mutaxassislari koʻmagida seminar ishtirokchilari Konvensiya moddalarining qoidalarini koʻrib chiqishdi, shuningdek, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni uning meʼyorlariga muvofiqligini tahlil qilishdi.

Savdoni osonlashtirish toʻgʻrisidagi Bitim 2017-yil 22-fevralda kuchga kirdi. U 3 qismdan va 24 banddan iborat. Hujjat bojxona nazorati samaradorligini oshirish, chegara boʻylab tovarlar yetkazib berish vaqtini va xarajatlarini qisqartirish, shuningdek, rasmiylashtirish jarayonini bartaraf etish va ularning oshkoraligini taʼminlashga qaratilgan.

Tadqiqot natijalariga koʻra, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni Bitim qoidalariga muvofiqlashtirish, shuningdek, uning qoidalarini amalga oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan.

Поделиться