O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Prezidenti Fransiyaga joʻnab ketdi

2018-10-08 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Fransiya – yuksak darajada rivojlangan, sanoat ishlab chiqarishi boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlardan birini egallagan industrial-agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati boʻyicha dunyoning eng yirik yettita davlati qatoriga kiradi. BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy aʼzosidan biri, Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydonda muhim rol oʻynaydi.

Fransiya Oʻzbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdor. Ushbu davlat rahbari Emmanuel Makron mamlakatlarimizning oʻzaro yaqinlashishini qutlab, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parijga rasmiy tashrifini orziqib kutayotganini taʼkidlagan edi.

Tashrif davomida davlat rahbarlari oʻrtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalar va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Поделиться