O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yangi jurnal innovatsion gʻoyalarni targʻib qiladi
2018-10-08 | Innovatsiya
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” nomli ilmiy jurnali chop etila boshladi.
Mazkur jurnal davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
Har ikki oyda oʻquvchilar qoʻliga yetib boradigan jurnalda tadqiqotchilar, olimlarning ilmiy izlanishlari natijasi, ahamiyati haqida maʼlumotlar berib boriladi, ilmiy-nazariy, tahliliy maqolalar yoritiladi.
Nashrda rus va ingliz tilidagi maqolalar ham chop etilishi rejalashtirilgan. Bu xorijiy olimlar ilmiy izlanishlari bilan tanishish, shuningdek, ilm-fan sohasidagi ilgʻor tajriba va yangiliklardan xabardor boʻlish imkonini kengaytiradi.
Jurnal jamoasi ilmga qiziqqan oʻquvchi va talaba yoshlarni, yosh tadqiqotchilarni ham eʼtibordan chetda qoldirmagan. Nashr sahifalarida ular uchun zarur yangiliklar, qiziqarli maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi.
B. Meliqulova, OʻzA