O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tashabbus-2018” koʻrik tanlovining viloyat bosqichlariga start berildi

2018-10-05 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan “Tashabbus-2018” koʻrik tanlovining viloyat bosqichlariga start berildi.

Eslatib oʻtamiz, koʻrik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 27 sentyabriga qadar Respublikaning barcha tuman va shaharlarida oʻtkazildi va unda tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar 5 ta asosiy yoʻnalishlar boʻyicha bellashdilar. Koʻrik-tanlovning 2-bosqichi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish uchun 915 nafar tadbirkorlik subyektlari yoʻllanma oldi.

Qoʻyida viloyat bosqichi oʻtkazilish kuni va joyi haqida maʼlumot eʼtiboringizga havola etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkaziladigan
“Tashabbus-2018” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichlari boʻyicha maʼlumot

Hudud nomi

Hududiy bosqichi
oʻtkaziladigan sana

Boʻlib oʻtish joyi

1.

Sirdaryo viloyati

8 oktyabr

“Qahramonlar xiyoboni” istirohat bogʻida

2.

Jizzax viloyati

10 oktyabr

“Yu.Rajabiy” nomli viloyat musiqali drama teatri binosida

3.

Toshkent viloyati

12 oktyabr

Oʻrta-chirchiq tumani Pedagogika kasb-hunar kollejida

4.

Navoiy viloyati

12 oktyabr

“A.Navoiy” nomli istirohat bogʻida

5.

Xorazm viloyati

13 oktyabr

“M.Ogohiy” nomli musiqa teatri binosida

6.

Buxoro viloyati

16 oktyabr

“Semurgʻ” sport majmuasida

7.

Namangan viloyati

16 oktyabr

“Barkamol avlod” sport majmuasida

8.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

17 oktyabr

“Berdaq” nomli Qoraqalpogʻiston davlat akademik musiqiy teatri binosida

9.

Samarqand viloyati

18 oktyabr

Olimpiya zahiralarini tayyorlash sport kompleksida

10.

Andijon viloyati

19 oktyabr

“Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli drama teatr binosida

11.

Fargʻona viloyati

20 oktyabr

Fargʻona olimpiya zaxiralari kollejida

12.

Qashqadaryo viloyati

20 oktyabr

Qarshi shahridagi madaniyat va istirohat bogʻida

13.

Surxondaryo viloyati

24 oktyabr

“Alpomish” sport majmuasi

14.

Toshkent shahri

24 oktyabr

“Zarqaynar” milliy liboslar galeriyasida

Поделиться