O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

2018-10-05 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar oliy darajadagi muntazamlik kasb etgan uchrashuv va muloqotlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini  mustahkamlashga xizmat qilayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil 17-18 avgust kunlari Tojikiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida oʻtkazilgan samarali muzokaralar, ularning yakuni boʻyicha erishilgan kelishuv va imzolangan ikki tomonlama hujjatlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-28 sentabr kunlari MDH Davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Dushanbega amaliy tashrifi doirasida oʻtkazilgan uchrashuv va muzokaralar natijakorligi qayd etildi.

Bugungi kunda savdo-iqtisodiy aloqalar faol rivojlanib bormoqda. Oʻzaro savdo hajmi ortib, turli tarmoqlarda kooperatsiya, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalar rivojlanmoqda, hududlar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Tomonlar ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida hamkorlikni rivojlantirish va erishilgan kelishuvlar ijrosini toʻliq taʼminlashda muntazam amaliy aloqalar muhimligini qayd etdi.

Muloqot soʻnggida davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan koʻp qirrali oʻzaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish borasida intilishlari qatʼiy ekanini taʼkidladilar.

Поделиться