O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliya vazirligi va kommunal sohasi axborot tizimlarini tadbiq etish boʻyicha yangi qadamlar
2018-10-05 | Jamiyat
Moliya vazirligi axborot tizimini yanada takomillashtirish hamda unda toʻliq masofaviy xizmat koʻrsatishni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 3 oktyabr kuni Moliya vazirligi Gʻaznachiligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Suvsoz” DUK va “Toshissiqquvvati” UICHK tashkilotlarining malakali mutaxassislari va axborot tizimlari dasturchilari bilan birgalikda yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda yuqoridagi tashkilotlar tomonidan Moliya vazirligi tizimiga hisob fakturalarni va boshqa maʼlumotlarni (davlat nazoratidan oʻtkazilganligi, hisoblangan oʻlchov jihozlari toʻgʻrisida maʼlumotlar va boshqa masalalar) elektron tarzda joʻnatishni joriy qilish masalalari koʻrib chiqildi. Ushbu masalalarni muhokama qilishdan asosiy maqsad byudjet tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishi hamda debitor qarzdorliklarni oldini olish maqsadida yangi axborot tizimlarini qoʻllash orqali elektron maʼlumotlar almashinuvi tizimini joriy etish ekanligi taʼkidlandi.
Yigʻilish soʻngida mazkur masalalarni amalga oshirish yuzasidan doimiy hamkorlik olib borilishi boʻyicha kelishuvga erishildi.