O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston va Ozarbayjon Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining Birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi
2018-10-05 | Siyosat
Joriy yilning 4 oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, general-mayor D.A.Nazarmuxamedov va Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, politsiya general-leytenanti V.S.Eyvazov rahbarligida ikki tomon Ichki ishlar vazirliklarining Birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, general-mayor D.A.Nazarmuxamedov va Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, politsiya general-leytenanti V.S.Eyvazov rahbarligida ikki tomon Ichki ishlar vazirliklarining Birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini ta’minlash bo’yicha to’plangan tajriba yuzasidan o’zaro fikr almashdilar.
Yig’ilish yakunida 2019-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o’rtasidagi o’zaro hamkorlik Bayonoti imzolandi.
Tashrif doirasida Ozarbayjon delegatsiyasining Samarqand shahridagi sayyohlik ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishlari rejalashtirilgan.