O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston teatri Samarqandda

2018-10-05 | Madaniyat

Tojikiston Respublikasining Abulqosim Lohutiy nomidagi akademik drama teatri jamoasi 4-oktyabr kuni ijodiy safar bilan Samarqandga keldi. 

– Keyingi ikki yilda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi azaliy doʻstlik aloqalari yanada mustahkamlandi, – deydi teatr rahbari Lutfullo Davlatzoda. – Jumladan, madaniyat va sanʼat sohasida ham ijodiy jamoalarimiz yaqin hamkorlik qilmoqda. Yil boshidan buyon oʻzbekistonlik sanʼatkorlar bir necha marta Tojikistonda madaniy dasturlar namoyish etdi. Yaqinda Toshkentdagi Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri Dushanbe va boshqa shaharlarimizda ijodiy safarda boʻlgan edi. Oʻz navbatida, bizning vakillarimiz yurtingizga keldi. Teatrimizning Oʻzbekistonga safari davomida Samarqand va Buxoro shaharlarida Mixail Zoщyenko qalamiga mansub “Jinoyat va jazo” sahna asarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilinadi. 

Tojikiston teatrining spektakli 5-oktyabr kuni Samarqand viloyat musiqali drama teatrida namoyish etiladi. Ijodiy jamoaning safari davomida Samarqand viloyatida teatr ixlosmandlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.  
 

Gʻ.Hasanov, OʻzA

Поделиться