O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida FALIA hayot sugʻurtasini rivojlantirish fondi (Yaponiya) delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2018-10-04 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi FALIA hayot sugʻurtasini rivojlantirish fondi (Yaponiya) delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bugungi kunda FALIA – Oʻzbekiston sugʻurta jamoatining eng faol xorijiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. FALIA hayot sugʻurtasini rivojlantirish fondining asosiy maqsadi – Yaponiya va xorijda seminarlar tashkil etish, sugʻurta biznesining turli jihatlari boʻyicha materiallar chop etish orqali hayotni sugʻurtalashni rivojlantirishdan iborat.

Muhokamaning asosiy mavzusi Yaponiya va Oʻzbekiston sugʻurta mutaxassislari uchun hayotni sugʻurtalash sohasida tajriba almashish, sugʻurta sohasidagi turli masalalarni muhokama qilish uchun imkoniyat yaratish edi.

Yaponiya sugʻurta bozorining vakillari, “FALIA“ hayot sugʻurtasini rivojlantirish fondi (Yaponiya) Ijrochi direktori janob Toru Nagashima, fond bosh menedjeri Tomoki Suguzaki va “Dai-ichi Life” sugʻurta kompaniyasining bosh menedjeri Kaziko Ibuki seminar ishida hayotni sugʻurtalash sohasidagi oʻz tajribalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston sugʻurta bozorining vakillari va respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari jurnalistlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Поделиться