O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat statistika qoʻmitasida Yevropalik ekspertlar va YIK TYOM Byurosi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2018-10-04 | Jamiyat
Joriy yilning 3 oktabrida Davlat statistika qoʻmitasida Yevropalik ekspertlar va Yevropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosi vakillari bilan “Afgʻonistondagi ayollar imkoniyatlarini kengaytirish uchun Markaziy Osiyoda taʼlim va tarbiya dasturlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash“ loyihasi doirasida axborot almashish masalasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv yakunida mehmonlar Davlat statistika qoʻmitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Uchrashuv iliq va doʻstona ruhda boʻlib oʻtdi.