O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston bilan AKT sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

2018-10-04 | Texnologiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AKT sohasida Hindistonlik hamkorlar bilan bir qator shartnomalarni imzoladi. Xususan, texnoparklarni rivojlantirish, AKT sohasida kadrlarni tayyorlash, elektron hukumatni rivojlantirish, tinchlik maqsadlarida kosmik tadqiqotlar va boshqalar kabi qator shartnomalar imzolandi.

Hindistonning texnoparklarini rivojlantirishdagi katta tajribasini inobatga olgan holda, bizning mamlakatimiz Hindistonning yetakchi texnoparklari, jumladan, Hindiston-STPI dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati bilan hamkorlikda dasturiy mahsulotlar va vositalarni ishlab chiqarish uchun zamonaviy platformalarni yaratish va rivojlantirishdan manfaatdor. Hindistonlik hamkorlarga Hindistonning STPI jamiyatlarining tajribasi asosida Oʻzbekistonda dasturiy taʼminot va innovatsion mahsulotlar texnoparkini yaratish imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklif qilindi.

Hindistonda dasturiy taʼminot texnologiyalari parklari (STPI) Hindistonda dasturiy taʼminot eksportini ragʻbatlantirish maqsadida 1991-yili tashkil etilgan. Kompaniya dasturiy taʼminot va xizmatlarni ishlab chiqish va eksport qilishni qoʻllab-quvvatlaydi, mahsulotlarni ragʻbatlantirish uchun eksport qiluvchilarga qonunchilik va boshqa xizmatlarni taqdim etadi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratib, mikro, kichik va oʻrta biznes vakillarining faoliyatini ragʻbatlantiradi.

Hindiston bilan AKT-taʼlimi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, tashrif davomida bir nechta hujjatlar imzolandi:

- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Dehli Hindiston Texnologiya instituti (IITD) oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi. Memorandum universitetlar oʻrtasida akademik almashinuvga (talabalar almashinuvi, oʻqituvchilar, tadqiqotchilar), TATU oʻqituvchi-professorlarining malakasini oshirishga, birgalikda tadqiqotlar oʻtkazish va boshqalarga qaratilgan.

- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Hindistonning yetakchi kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish markazi (CDAC) oʻrtasida TATU qoshidagi Javaharlal Neru nomidagi Oʻzbekiston-Hindiston Axborot texnologiyalari markazini yanada takomillashtirish boʻyicha kelishuv.

Hindistonning yetakchi oliy oʻquv yurtlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar natijalariga koʻra, Hindistondagi “Amity“ yetakchi oliy oʻquv yurtining Toshkent shahridagi filialini ochish masalasini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tashrif arafasida Amity universiteti bilan muzokaralar olib borildi va natijada Toshkentda universitet filialining ochilishi boʻyicha birgalikdagi ish boshlanishi haqida kelishuvga erishildi.

Amity universiteti (Amity University) - Hindistondagi yetakchi xususiy notijorat oliy taʼlim muassasasidir. Oʻquv yurtining asosiy binosi Noida shahrida joylashgan boʻlib, 11 ta shaharda (Mumbay, Jaypur, Kolkata va boshqalar) kampuslari, shuningdek, Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika va boshqa joylarda filiallari joylashgan. Times Higher Education” va “QS Ranking” xalqaro reyting kompaniyalarining xulosasiga koʻra, universitet dunyoning eng nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlib, Osiyodagi eng yaxshi 300 ta universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet 150 mingdan ziyod talaba tahsil olayotgan yirik taʼlim muassasasidir.

Oʻzbekiston elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik va tajriba almashishdan manfaatdor. Tashrif chogʻida Oʻzbekiston Elektron Hukumatini rivojlantirish markazi va Hindiston Informatika milliy markazi oʻrtasida ushbu yoʻnalishda hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish borasida bitimlar imzolandi.

Tomonlar Oʻzbekiston Elektron Hukumatini rivojlantirish markazi va Milliy informatika markazi (NIC) oʻrtasida elektron hukumat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi imzoladilar.

Joriy yildan boshlab kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va kosmosdan tinchlik maqsadlarida foydalanish AKT vazirligi faoliyatining yangi yoʻnalishi hisoblanadi.

Tashrif chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida tinchlik maqsadlarida kosmikdan foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Kelishuvga koʻra, AKT vazirligi va Hindiston kosmik tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) bu sohada hamkorlik qilishadi.

Hindiston kosmik tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) Hindiston milliy kosmik agentligi boʻlib, Hindistonning Kosmik tadqiqotlar departamentiga qarashlidir. Tashkilotning shtab-kvartirasi Bangalorda joylashgan boʻlib, unda taxminan 20 ming kishi mehnat qiladi.

Erishilgan barcha ikki tomonlama kelishuvlarning muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirilishini taʼminlash uchun yoʻl xaritalari ishlab chiqildi.

Поделиться