O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq ta'limi vazirligi delegasiyasining AQShga tashrifi
2018-10-04 | Ta’lim
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi delegatsiyasining AQShga tashrifi doirasida 2018 yil 3 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov va AQSh Ta'lim vaziri (US Secretary of Education) Betsy Devos o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tomonlar xalq ta'limi yo'nalishida hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, O'zbekistonda ingliz tilini o'qitish sifatini oshirish bo'yicha muzokaralar olib borishdi.
Ta'kidlash joizki, ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar tarixida birinchi marotaba ta'lim vazirlari o'zaro uchrashdilar.