O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasi bilan malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlik yanada kengaytiriladi

2018-10-04 | Ta’lim

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori Han Chyung Such boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.

Uchrashuvda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inom Majidov va janob Han Chyung Such malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilishdi.

Muzokaralarda Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyatini kengaytirish, iqtisodiyotning real sektorlari talablaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish masalalari ham atroflicha koʻrib chiqildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi qarori bilan Toshkent shahrida Puchon universiteti tashkil etilgan boʻlib, 2018/2019 oʻquv yilidan maktabgacha taʼlim va koreys tili yoʻnalishlarida bakalavrlar tayyorlanmoqda.

Поделиться