O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
IHT Bosh kotibi bilan uchrashuv
2018-09-20 | Siyosat
2018-yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Hadi Suleymanpur bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. H.Suleymanpur Toshkent shahriga 20-sentabrda o’z ishini boshlayotgan “Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsion va transport-kommunikatsiya sohalarida mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash doirasida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.