O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent-Jidda-Toshkent aviareysi Saudiya Arabistoni investorlari va turistlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi

2018-09-18 | Siyosat

2018-yilning 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Jidda shahridagi Bosh Konsulligi tomonidan Jidda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning investitsiya va turizm salohiyati” mavzusida brifing o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Islom hamkorlik tashkilotining ma’sul xodimlari, saudiyalik yirik ishbilarmonlar, turistik firmalar va bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘zbek diasporasi vakillaridan iborat bir guruh tadbirkorlar ham taklif etildi.

Jidda savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari, yirik ishbilarmon shayx Ziyod Al-Bassam o‘z nutqida O‘zbekistonda barcha sohalar qatori investitsiya va turizm sohalarida olib borilayotgan islohotlarni mamnuniyat bilan aytib o‘tdi. Bu esa O‘zbekistonga o‘z sarmoyalarini kiritishga qiziquvchi xorijlik investorlarning, xususan saudiyalik ishbilarmon doira vakillarining soni ortib borishiga yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi. Z.Al-Bassam yurtimizning boy tarixi, islom sivilizatsiya shakllanishidagi o‘rni va roli, tabiiy boyliklari, iqtisodiy imkoniyatlari hamda mehmondo‘st xalqi to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh Konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlar, xususan tadbirkorlar, jumladan xorijiy investorlarga berilayotgan imtiyozlar hamda sayyohlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekistonga tashrif buyurishlari uchun Saudiya Arabistoni va qator boshqa davlatlar fuqarolari joriy yilning iyul oyidan elektron viza olishlari mumkinligini qayd etdi.

Mavjud erkin iqtisodiy, industirial va turistik zonalar hamda xorijlik ishbilarmonlar o‘z sarmoyalarini O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi, energetika, qurilish, farmatsevtika, turizm, og‘ir va yengil sanoat sohalaridagi mavjud istiqbolli loyihalarga kiritib bemalol faoliyat olib borishlari mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumot yig‘ilganlar e’tiborini o‘ziga tortdi.

Tadbirda xorijiy investorlar uchun arab tilidagi videorolik namoyish etildi, shuningdek, arab va ingliz tillarida tayyorlangan broshyuralar tarqatildi.

Joriy yilning oktabr oyida ochilishi kutilayotgan Toshkent-Jidda-Toshkent aviareysi haqidagi ma’lumot yig‘ilganlar uchun muhim yangilik bo‘ldi. Ta’kidlanganidek, muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi hukumatimiz tomonidan investorlar va sayohatchilarga yaratilayotgan imkoniyatlardan biri ekanligini ta’kidlandi.

So‘ng “Shosh Contact Travel” firmasi vakili Abdulmunjid Qoriyev O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida ma’lumot berdi. Hozirda respublikamizda, O‘zbekistonga tashriflarining ilk kunlaridan so‘ngiga qadar dam olishlari uchun sayyohlar uchun barcha xizmat turlari mavjudligi ta’kidlandi. Alohida e’tibor oilaviy turizm yo‘nalishidagi keng imkoniyatlarga qaratildi.

Mehmonlar “Xush kelibsiz O‘zbekistonga” va “O‘zbek taomlari” deb nomlangan videoroliklarni maroq bilan tamosha qildilar, va albatta milliy pazandachilikning eng sara taomlaridan tatib ko‘rdilar.

Поделиться