O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
SHHTning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi
2018-09-18 | ShHT
Yilning 14-17 sentyabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, yigʻilishda Oʻzbekiston, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Xitoyning vakolatli vakillari 2018 yil oktyabr oyida Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) kengashining boʻlajak majlisiga tayyorgarlik koʻrishning amaliy jihatlarini muhokama qilindi.
Shuningdek, shu yilning 19 sentyabr kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar temir yoʻllari maʼmuriyatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Uchrashuv yakunlariga koʻra, bayonnoma imzolash rejalashtirilmoqda.
20-21 sentyabr kunlari SHHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalari “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etadi.