O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT Milliy koordinatorlari kengashi yig‘ilishi to‘g‘risida
2018-09-17 | ShHT
2018-yilning 14-17-sentabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Xitoyning vakolatli vakillari 2018-yil oktabr oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) kengashining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda tashkilot joriy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.