O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT Bosh kotibining Maxsus vakili bilan uchrashuv

2018-09-15 | Siyosat

2018-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan BMT Bosh kotibining Maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Natalya Germanni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari, jumladan MOPDMM bilan hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi tribunasidan turib ilgari surilgan muhim xalqaro tashabbuslarning amalga oshirilishi jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, ta’kidlanganidek, BMT Bosh Assambleyasining tarixiy muhim rezolyutsiyasi – “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”ning qabul qilinishi Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantirish xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlanayotganining tasdig‘i hisoblanadi.

Tomonlar mintaqaviy xarakterdagi ba’zi muammolarni ham ko‘rib chiqdilar.

Suhbatda 2019-yil Toshkent shahrida yetakchi xalqaro tadqiqot markazlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo: mintaqaviy hamkorlikning yangi imkoniyatlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiya kun tartibi borasida fikr almashildi.

Anvar Ilyasov olgan surat

Поделиться