O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shahrisabzdagi maqom anjumani munosabati bilan yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

2018-09-06 | Madaniyat

Joriy yil 6—10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida birinchi xalqaro “Maqom-2018” san’at anjumani o‘tkazilishi munosabat bilan yo‘lovchi poyezdlarning bitta reysi qatnov jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi. 

Unga ko‘ra, 6-sentabr kuni:

Urganchdan Toshkentga jo‘naydigan № 55-sonli poyezdning Kattaqo‘rg‘ondan Samarqandgacha;

Toshkentdan Termizgacha jo‘naydigan № 380-sonli poyezdning Samarqanddan Qarshigacha;

Andijondan Urganchga jo‘naydigan № 393-sonli poyezdning G‘allaoroldan Ziyovuddingacha;

Toshkentdan Buxoroga jo‘naydigan № 662-sonli poyezdning Jizzaxdan Samarqandgacha;

Sariosiyodan Toshkentga jo‘naydigan № 679-sonli poyezdning Kayirmadan G‘allaorolgacha bo‘lgan masofadagi harakat jadvali o‘zgartiriladi.

Shuningdek, 5—6-sentabr kunlari Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi № 766/765 -sonli “Afrosiyob” poyezdining 2 ta reysi bekor qilinadi.

Ushbu reyslarga chipta olgan yo‘lovchilar kassaga murojaat qilishlari so‘raladi. Yo‘lovchilar mazkur poyezdlarga olgan chiptalarni boshqa poyezdga almashtirib, yoki foiz ushlamasdan chipta pullarini to‘liq qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.

Quyidagi kassalarga murojaat qilish mumkin:

Toshkent shahridagi yo‘lovchilar Toshkent markaziy vokzalidagi 12- sonli kassaga;

Samarqand shahridagi yo‘lovchilar“Samarqand” vokzalidagi 1-sonli kassaga;

Buxoro viloyatidagi yo‘lovchilar Kogon vokzalidagi 1, 2 va 3-sonli kassalarga;

Navoiy shahridagi yo‘lovchilar Navoiy vokzalidagi 3-sonli kassaga.

Поделиться