O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston-Rossiya vazirliklararo maslahatlashuvlari toʻgʻrisida
2018-08-30 | Siyosat
2018-yilning 28-30-avgust kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini mukammallashtirish va inventarizatsiya qilish boʻyicha tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi boʻlib oʻtdi.
Rossiya tashqi siyosat idorasining delegatsiyasiga TIVning MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boʻyicha uchinchi departamenti direktori oʻrinbosari Yevgeniy Teryoxin boshchilik qildi.
Ekspertlar tomonidan oʻzaro imzolangan hujjatlarni inventarizatsiya qilindi, davlatlararo ahamiyatga molik 300 dan ortiq aktlarni qamrab oluvchi shartnomaviy-huquqiy asosning umumiy holati koʻrib chiqildi, shuningdek, ikki tomonlama hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi va hamkorlikning yuridik asosini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Maslahatlashuvlar davomida alohida eʼtibor savdo-iqtisodiy, investitsion, innovatsiya, atom energetikasi va fazoviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnomaviy-huquqiy asosni shakllantirishga qaratildi.