O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston-Qozogʻiston siyosiy maslahatlashuvlari
2018-08-30 | Siyosat
2018-yilning 29-avgust kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi. Qozogʻiston delegatsiyasiga vazir oʻrinbosari Galimjan Qoʻyshibayev boshchilik qildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar hamkorlik kabi dolzarb yoʻnalishlardagi aloqalar holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Delegatsiyalar koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini ham koʻrib chiqdilar va xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Maslahatlashuvlar davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, mintaqalararo hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga tomonlar sodiqligi, shuningdek, transport-kommunikatsiyasi sohasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.