O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT sohasi vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar
2018-08-30 | Jamiyat
Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligi bayrami arafasida AKT sohasining bir nechta xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi sanitar-yoʻriqchisi Nematillayev Baxodir Raxmatillayevich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Prezidentning 2018 yil 28 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat, maʼnaviyat va maʼrifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi katta oʻqituvchisi Kan Vitaliy Sergeyevich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Prezidentning 2018-yil 29-avgustdagi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “UNICON.UZ” DUK direktorining birinchi oʻrinbosari Xasanov Xislat Poʻlatovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkasblarimizni yuksak mukofot bilan tabriklab, istiqboldagi ishlariga zafarlar tilab qoladi.