O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2018-08-28 | Sport
Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov Yaponiyadan kelgan delegatsiya aʼzolari - Takasaki fondi menejeri, Takasaki shahridagi xalqaro departament direktori Fumio Ebara, Takasaki shahridagi xalqaro departament xodimlari Maykl Xostinski, Sho Uchida bilan uchrashdi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston badiiy gimnastika boʻyicha kuchli sportchilarga ega boʻlib, ular Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiadada faol ishtirok etishgan.
Joriy yilning 27-30 sentyabr kunlari Takasaki arenasida badiiy gimnastika boʻyicha “Kubok AEON” jahon kubogi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, Yaponiya delegatsiyasi vakillari oʻzbekistonlik badiiy gimnastikachilarni Takasakida oʻtkaziladigan badiiy gimnastika boʻyicha “Kubok AEON” jahon kubogida ishtirok etish uchun Yaponiyaga taklif qildilar.
Uchrashuv davomida kelajakda badiiy gimnastika sohasida hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha muzokaralar olib borildi.