O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Dasturlash soati” aksiyasi oʻtkaziladi

2018-08-28 | Jamiyat

2018 yilning 4 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 9 yoshdan yuqori boʻlgan bolalar uchun “Dasturlash soati” aksiyasini oʻtkaziladi.

Aksiya Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan oʻtkazilmoqda.

2015 yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun “Codecraft” loyihasini ishga tushirilgan. Loyihaning maqsadi – bolajonlarning barcha salohiyatlarini roʻyobga chiqarib, kompyuterda ijodiy ishlarni bajarishga oʻrgatishdir.

Hozirda loyiha doirasidagi dasturlash kurslari “Scratch” tilida oʻtilib, “MIT App Inventor 2” platformasidagi “Android” mobil ilovalari asosida veb-saytlarni yaratish oʻrgatiladi.

Aksiya davomida qatnashchilar bir soat ichida oʻyinlarni, mobil ilovalarni yoki veb-sahifalarni yaratish boʻyicha boshlangʻich bilimlarni olishadi.

Aksiyada ishtirok etishni istaganlar http://codecraft.uz/hour-of-code/ sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari shart. Joylar soni cheklangan.

Поделиться