O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri yangi binoga ega boʻldi

2018-08-27 | Madaniyat

2018 yil 25 avgust kuni Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri yangi binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Teatrning ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Musa Tajetdinovich Yerniyazov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, sanʼat va madaniyat arboblari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Marosimga tashrif buyurgan mehmonlar teatr binosi oldida tantanali ravishda kutib olindi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov soʻzga chiqib teatr jamoasi va barcha sanʼat ahli, qolaversa butun qoraqalpoq xalqini ana shu muhtasham sanʼat koshonasi bilan qutlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovgʻasi - “Damas” avtomashinasi va zamonaviy videokamerani teatr jamoasiga tantanali ravishda topshirdi. 

Shundan soʻng mehmonlar teatrning yangi binosi, yaratilgan qulaylik va shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Tantanali ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbirni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri Q.Turdiyev ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarga soʻz berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Teatrlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi M.Ahmetjanova Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayevning tabrigini oʻqib eshittirdi hamda teatrga vazirlikning esdalik sovgʻasini topshirdi.

Jumladan, tabrikda quyidagi soʻzlar aks etdi:

“Ushbu tarixiy kunda qaytadan hayot bagʻishlangan koshona - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida qayta qurilgan ushbu Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining yangi binosi barchamizga muborak boʻlsin!

Bu voqea aynan yurtimizdagi eng ulugʻ va eng aziz bayram - Mustaqilligimizning 27 yilligi tantanalarini nishonlash arafasida yuz berishi, teatr sanʼati isteʼdodlarining xalqqa, ayniqsa yosh avlodga xizmat qilishidek ezgu amaliga zamin yaratuvchi teatr koshonasi sanʼat muxlislari uchun oʻz eshiklarini ochayotgani bizni gʻoyat mamnun etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi “2016-2019 yillarda Nukus shahri va Beruniy tumanida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish hamda infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi toʻgʻrisida”gi 118 sonli bayoniga asoslanib, 2016-2017 yillarning Investitsiya dasturi doirasida Respublika byudjetidan mablagʻ ajratilib Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining mutlaqo zamonaviy, dunyo standarti talablariga toʻligʻicha javob beruvchi binosi yangidan qurib bitkazildi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yilning 3 avgustida madaniyat va sanʼat namoyandalari bilan boʻlgan uchrashuvdagi maʼruzasida sohani rivojlantirishga, kino va teatr, umuman, sanʼat sohalari masalalariga alohida toʻxtalib oʻtilgan edi. Ushbu ezgu chorlovdan soʻng butun mamlakatimizda madaniyat koshonalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash ishlari boshlandi. Bugun yangidan foydalanishga topshirilayotgan teatr binosi ana shu uchrashuvdan ham ilhomlangan holda butunlay zamonaviy talablar asosida qurib bitkazildi.

Shu oʻrinda ushbu xayrli ishning boshida turgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi rahbarlariga alohida minnatdorchilik bildiraman”

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, senator B.Matmuratov, Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq artisti Y.Ahmyodov, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri S.Sayid, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyami raisi, Oʻzbekiston xalq rassomi A.Nuriddinovlar soʻzga chiqib barchani yangi sanʼat koshonasi bilan qutladilar. Tadbirning rasmiy qismi tugagach teatrlashtirilgan dastur yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlab oʻtish joizki, Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatrini Investitsiya dasturi doirasida yangidan qurish uchun jami 10 mlrd. 313 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.

Shuningdek, “Doʻstlar klubi” doirasida sahna pardalari uchun 263 mln., texnik uskunalar uchun 605 mln., teatr inventarlari uchun 217 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.

Поделиться